Özbekistonda sport sohasi raqamlaştiriladi: maktablarda kamida bittadan sport tögaragi taşkil etiladi(https://yuz.uz/uz/news/zbekistonda-sport-soasi-raqamlastiriladi-maktablarda-kami) Pxuketda yuz bergan kuçli yonğin oqibatida 11 kişi halok böldi, 40 nafargaça odam jarohat oldi(https://yuz.uz/uz/news/pxuketda-yuz-bergan-kuchli-yongin-oqibatida-11-kishi-halok-boldi-40-nafargacha-odam-jarohat-oldi) My.gov.uz portali orqali 44 ta tibbiy xizmat turidan foydalaniş mumkin(https://yuz.uz/uz/news/mygovuz-portali-orqali-44-ta-tibbiy-xizmat-turidan-foydalanish-mumkin) Ömondagi yirik bozorda Özbekiston mahsulotlari uçun maxsus pavilyon ajratiladi(https://yuz.uz/uz/news/mondagi-iirik-bozorda-zbekiston-masulotlari-ucun-maxsus-p) Işlamaydigan ota-ona va farzandlarga ham iş staji şakllantiriladi(https://yuz.uz/uz/news/islamaidigan-ota-ona-va-farzandlarga-am-is-stazi-sakllantir)

Тема

A

Размер шрифта

0 %

Чёрно-белый Рентген (инверсия) Без картинок Сброс

O`zb

O`zb(https://yuz.uz/uz/news/zbekistonda-sport-soasi-raqamlastiriladi-maktablarda-kami?strict=1)

Ўзб(https://yuz.uz/oz/news/zbekistonda-sport-soasi-raqamlastiriladi-maktablarda-kami?strict=1)

Рус(https://yuz.uz/ru/news/zbekistonda-sport-soasi-raqamlastiriladi-maktablarda-kami?strict=1)

En(https://yuz.uz/en/news/zbekistonda-sport-soasi-raqamlastiriladi-maktablarda-kami?strict=1)

Ққ(https://yuz.uz/kk/news/zbekistonda-sport-soasi-raqamlastiriladi-maktablarda-kami?strict=1)

Kz(https://yuz.uz/kz/news/zbekistonda-sport-soasi-raqamlastiriladi-maktablarda-kami?strict=1)

Tj(https://yuz.uz/tj/news/zbekistonda-sport-soasi-raqamlastiriladi-maktablarda-kami?strict=1)

Özbekistonda sport sohasi raqamlaştiriladi: maktablarda kamida bittadan sport tögaragi taşkil etiladi

Sport

16 noy 2026, 20:03

1 044

Özbekistonda sport sohasini raqamlaştiriş, sport taşkilotlari faoliyatini samarali boşqariş hamda öquvçilarni sportga keng jalb etişga qaratilgan yangi çora-tadbirlar belgilandi.

Bu haqda Prezidentning 2026-yil 16-noyabrdagi «Sport sohasini raqamlaştiriş va samarali boşqaruv tizimini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–396-son qarorida nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport taşkilotlari faoliyatini töliq raqamlaştiriş, «ERP sport» yagona elektron boşqaruv tizimini joriy etiş hamda uni davlat taşkilotlarining boşqa axborot tizimlari bilan integratsiya qiliş ustuvor vazifalar etib belgilandi.

«ERP sport» tizimi doirasida foydalanuvçilarga interaktiv xizmatlar körsatuvçi «MySport» mobil ilovasining imkoniyatlari kengaytiriladi.

Jumladan, foydalanuvçilar davlat va nodavlat sport taşkilotlarining sport inşootlarini soatbay, kunbay, oylik yoki yillik tariflar asosida band qilişi va tölovlarni bevosita tizim orqali amalga oşirişi mumkin böladi.

Şuningdek, davlat sport taşkilotlari binolari va inşootlarini ijaraga berişdan tuşadigan mablağlar nazorat qilib boriladi. Ilova orqali sport taşkilotlari reytinglari, sport turlari, xizmat tariflari, inşootlar joylaşuvi, aksiyalar va boşqa statistik maʼlumotlardan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.

Qarorda umumtaʼlim muassasalarida öquvçilarni sportga jalb etişga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Xususan, maktablar qoşida sport klublari va tögaraklari tarmoğini kengaytiriş, jismoniy tarbiya öqituvçilari faoliyatini rivojlantiriş belgilangan.

Şuningdek, sport maktablarini biriktirgan holda umumtaʼlim muassasalarida «Maktabdan Sport akademiyasigaça» ğoyasi asosida yakkakuraş va jamoaviy olimpiya sport turlari böyiça kamida bittadan sport tögaragi taşkil etiladi.

2027-yil 1-yanvardan boşlab «ERP sport» tizimi orqali sport musobaqalari ğoliblari va sovrindorlariga QR-kod qöyilgan elektron diplom hamda sertifikatlar beriş tartibi joriy etiladi.

Bundan taşqari, Sport vazirligi tizimidagi sport turlari böyiça Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etiladi.